Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

«Ijtimoiy himoya va boshqaruv» malaka oshirish kursi boshlandi

2026-07-27

Tafsilotlar


«Ijtimoiy himoya va boshqaruv» malaka oshirish kursi boshlandi

Bugun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida yangi tayinlangan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun «Ijtimoiy himoya va boshqaruv» yo‘nalishi bo‘yicha 10 kunlik malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi. Kurs yangi rahbarlarning boshqaruv salohiyatini mustahkamlash hamda zamonaviy ijtimoiy himoya yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Malaka oshirish kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan yangi tayinlangan direktorlar ishtirok etmoqda.

Kurs davomida ishtirokchilar:
• ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va ustuvor yo‘nalishlar;
• «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini samarali boshqarish va tarkibiy bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirish;
• ehtiyojlarni aniqlash, baholash hamda sifatli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
• rahbarlik kompetensiyalari, jamoani boshqarish, samarali muloqot va nizolarni hal etish;
• keys-menejment, o‘zgarishlarni boshqarish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

Nima uchun bu muhim?

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari aholiga eng yaqin bo‘lgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Aynan ushbu markazlar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ehtiyojlari aniqlanadi, baholanadi va ularga zarur xizmat hamda yordamlar ko‘rsatiladi. Shu bois markaz rahbarlarining kasbiy bilim va boshqaruv kompetensiyalarini muntazam rivojlantirish xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3