«Ijtimoiy xizmatlar monitoringi va boshqaruv samaradorligini oshirish» mavzusida malaka oshirish treningi boshlandi.
2026 yil 16–20 fevral kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalarning ijtimoiy xizmatlar monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassislari uchun 5 kunlik amaliy trening tashkil etilmoqda.
Ushbu treningning asosiy maqsadi — ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, monitoring jarayonlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish.
Mazkur amaliy treninglar:
- hududlarda xizmatlar sifatini oshirishga,
- tahlil va baholash mexanizmlarini kuchaytirishga,
- yagona professional yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy xizmatlar monitoringi: samaradorlik sari yangi qadam!


