“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun tashkil etilgan o‘quv-treninglar davom etmoqda
Joriy yilning 21-aprelidan boshlangan o‘quv dasturining birinchi haftasi mazmunli va samarali tarzda yakunlandi.
Birinchi hafta davomida ishtirokchilar ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy yondashuvlari, boshqaruv mexanizmlari hamda “Inson” markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar. Nazariy mashg‘ulotlar amaliy keyslar, muhokamalar va interaktiv usullar bilan boyitildi.
Ayniqsa, hafta davomida tashkil etilgan amaliy tashriflar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Toshkent shahardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, xizmatlarni tashkil etish va boshqarish jarayonlarini bevosita kuzatdilar. Shuningdek, “Ona uyi” resurs markaziga tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan ishlashning amaliy jihatlari o‘rganildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar “Muruvvat uyi” hamda mahalladagi kichik guruhli bolalar uyiga tashrif buyurib, ijtimoiy xizmatlarni joylarda qanday tashkil etilayotgani, parvarish va qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan tanishdilar.
Umuman olganda, o‘quv-treninglar ishtirokchilarning professional salohiyatini oshirish, tizimda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


