“Inson” markazi supervayzerlari uchun navbatdagi malaka oshirish treningi boshlandi
2026-yil 24–28-mart kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun navbatdagi malaka oshirish treningining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, amaliy yondashuvlarni muhokama qilish hamda quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda:
- Keys-menejment amaliyoti
- Supervayzerlik va metodologiya
- Trening metodologiyasi, jumladan trenerlik ko‘nikmalari
- Analiz mashg‘ulotlari: amaliy ishlash va muhokama
Mazkur trening ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda tizimda samarali superviziya mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.


