2026-yil 27-mart kuni Malaka oshirish markazi hamda ITC-ILO vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida ijtimoiy sug‘urta yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari batafsil muhokama qilindi. Xususan, xalqaro tajriba asosida oflayn shaklda amaliy treninglar o‘tkazish, mutaxassislarning real ish jarayoniga yaqin sharoitlarda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, Agentlik xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish, doimiy trening va seminarlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy bilim va yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv konstruktiv va samarali ruhda o‘tib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim qadam bo‘ldi.

