“Jazosiz tarbiya: ota-onalar uchun qo‘llanma” ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanma 0–8 yoshdagi bolalar uchun jazosiz tarbiyaga oid ilk qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. U farzand tarbiyasida zamonaviy va samarali yondashuvlarni qo‘llash, bolalarning hissiy holatini to‘g‘ri tushunish hamda ular bilan ishonchli va iliq munosabatlarni o‘rnatishda amaliy yordam beradi.
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi — UNICEF bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ota-onalar, tutingan (foster) oilalar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar uchun mo‘ljallangan.
—
Подготовлено пособие «Воспитание без наказания» для родителей.
Данное пособие является одним из первых руководств, посвящённых принципам воспитания без наказания детей в возрасте от 0 до 8 лет. Оно направлено на внедрение современных и эффективных подходов в воспитании, развитие понимания эмоционального состояния детей и выстраивание с ними доверительных и тёплых отношений.
Пособие разработано Центром повышения квалификации работников системы социальной защиты при Национальном агентстве социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан в сотрудничестве с Детским фондом Организации Объединённых Наций — ЮНИСЕФ и предназначено для родителей, приёмных (foster) семей, психологов и социальных работников.

