Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish”

Toshkent shahrida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish” mavzusida o‘quv-trening dasturiga start berildi. Ushbu fotosuratlar ana shu muhim jarayonning ilk kunlaridan lavhalardir.

Dastur doirasida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash sho‘basi xodimlari va Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassislari uchun amaliy bilim va zamonaviy yondashuvlarga asoslangan treninglar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlar inson qadri, inklyuziya va ehtiyojga yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmatlar tamoyillariga tayanadi.

Ayni paytda Toshkent shahrida boshlangan ushbu o‘quv jarayoni bu bilan cheklanib qolmaydi. Tayyorlangan ToT trenerlar ishtirokida treninglar respublika bo‘ylab — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va hududlarda izchil davom ettiriladi.