Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Oilaga kirish” mavzusidagi treninglar

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi mutaxassislar tomonidan ijtimoiy xodimlar uchun tashkil etilgan “Oilaga kirish” mavzusidagi treninglarning yakuniy bosqichi Toshkent viloyati, Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida o‘tkazildi.

Treninglar davomida ishtirokchilar oilaga kirishning asosiy tamoyillari, oila bilan samarali muloqot o‘rnatish, ishonchli munosabatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy ishning amaliy bosqichlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, guruh ishlari va real hayotiy vaziyatlar tahlili asosida olib borildi.

Mazkur yakuniy bosqich bilan loyiha doirasida rejalashtirilgan barcha hududlarda “Oilaga kirish” mavzusidagi treninglar to‘liq qamrab olindi.

Treninglarda faol ishtirok etgan barcha ijtimoiy xodimlarga minnatdorchilik bildiramiz.