Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Oilaga kirish metodlari va intervyu o‘tkazish qoidalari”

Treninglarning navbatdagi mashg‘ulotlari doirasida 2-guruh supervayzerlar bilan “Oilaga kirish metodlari va intervyu o‘tkazish qoidalari” mavzusida guruhli mashqlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar:
- xizmat oluvchilar bilan suhbatni boshlashda to‘g‘ri yondashuv,
- savollarni mantiqan va bosqichma-bosqich berish,
- intervyu davomida ishonchli muhit yaratish
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar.

Guruhli mashqlar supervayzerlarning tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va kasbiy qaror qabul qilish salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Treninglar faol ishtirok, ochiq muhokamalar va o‘zaro tajriba almashish muhitida o‘tmoqda.