“Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarida psixologik yordam va ijtimoiy xizmatlar”
2026-yil 1–5-iyun kunlari Toshkent shahrida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlari psixologlari hamda ijtimoiy xodimlari uchun “Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarida psixologik yordam va ijtimoiy xizmatlar” mavzusida malaka oshirish treningi tashkil etildi.
Trening Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga sifatli va kompleks yordam ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Trening dasturi doirasida ishtirokchilar:
- travmaga yo‘naltirilgan psixologik yordam ko‘rsatish;
- inqirozli holatlarda aralashuv va emotsional barqarorlashtirish;
- keys-menejment asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- ehtiyojlarni kompleks baholash;
- individual xizmatlar rejasini ishlab chiqish;
- idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va ularning farzandlari bilan ishlashning samarali mexanizmlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganmoqdalar.


