Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh mutaxassislari (supervayzerlar) uchun navbatdagi malaka oshirish treningi!

2025-yil 3-7-noyabr kunlari Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida treninglarning 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqich “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning kasbiy mahoratini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan.

Trening davomida ishtirokchilar zamonaviy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yondashuvlari, jamoa bilan samarali ishlash, yetakchilik va muloqot madaniyati bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqdalar. Shuningdek, tajriba almashish, muammoli holatlarni birgalikda tahlil qilish va yangicha yechimlarni topish imkoniyatlari yaratilgan.

Ushbu jarayon orqali supervayzerlar o‘z faoliyatida inson manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish, aholiga sifatli ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda tizimda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga tayyorlanmoqda.

“Ijtimoiy himoya tizimi — inson qadrini yuksaltirishning asosiy bo‘g‘ini!”