Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

2025-yil 10 - iyun kuni, Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)  hamkorligida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi muvofiqlashtirilgan, idoralararo va inklyuziv xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha trenerlar uchun trening boshlandi.

📌Trening maqsadi — nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, baholash va javob qaytarish bo‘yicha trenerlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, ularning boshqalarni o‘qitish salohiyatini rivojlantirish.

👥Treningni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi direktori Azamat Davletyarov, UNFPA vakili Matluba Umurzokova (O‘zbekistondagi doimiy vakilning o‘rinbosari) ochib berishdi. 

Birinchi kun trening doirasida quyidagi mavzular yoritiladi:

Nogironlik va ijtimoiy zaiflik tushunchalari
Nogironlikning tibbiy va ijtimoiy modellari
Gender zo‘ravonlikning nogiron ayollar hayotidagi o‘ziga xos tahdidlari

🏃Trening mashg‘ulotlarini tajribali trenerlari olib borishmoqda: 

Ermetova Venera – Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi trener-maslahatchisi
Amirkulova Dildora – “Umid” NNT rahbari, gender masalalari bo‘yicha ekspert
Raximova Muxabbat – “Sharoyit Plus” nogironlar jamiyati rahbari
Musaeva Zuxra – Psixolog, UNFPA maslahatchisi

✅Trening mashg‘ulotlari ekspert trenerlar rahbarligida o‘tkazilib, nogironligi bo‘lgan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularga yordam ko‘rsatish va muvofiqlashtirilgan xizmatlar tizimini yaratish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar beriladi.