2025-yil 3–4-iyul kunlari BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ko‘magida Qashqadaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mutaxassislari uchun mintaqaviy treninglar o‘tkazildi.
💻Treninglarda ishtirok etganlar:
✅Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushgan oilalar bilan ishlovchi mutaxassislar;
✅Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish.
Asosiy o‘rganilgan yo‘nalishlar:
Nogironligi bo‘lgan ayollarning gender asosidagi zo‘ravonlik holatlaridagi ehtiyojlari va himoya mexanizmlari;
Jabrlanuvchini aniqlash, yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash tartiblari;
Keys-menejment va individual reabilitatsiya rejalarini tuzish;
Empatik va inklyuziv muloqot olib borish ko‘nikmalari;
Idoralararo hamkorlik asosida muvofiqlashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish.
👥Treninglar UNFPA ekspertlari tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga real hayotiy misollar orqali amaliy bilimlar yetkazildi.