Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Ijtimoiy himoya va boshqaruv” mavzusidagi ikki haftalik trening yakunlandi.

18–29-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan “Ijtimoiy himoya va boshqaruv” mavzusidagi ikki haftalik trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dastur Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) hamkorligida ishlab chiqilib, rahbarlarning kasbiy bilimlarini boyitish, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xizmatlarni samarali tashkil etishga qaratildi.

Treningda ishtirok etgan 30 nafar markaz direktorlari rahbarlar uchun muhim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirdilar:

ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tamoyillari,
xizmatlarni integratsiyalash,
yetakchilik va kadrlar boshqaruvi,
inson resurslarini samarali boshqarish,
xizmatlar sifatini oshirish.

Shuningdek, ishtirokchilar hududlarda mavjud ijtimoiy muammolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taqdimotlar tayyorladilar. Ushbu chiqishlar Malaka oshirish mutaxassislari va Agentlik vakillari tomonidan baholanib, eng muhim tavsiyalar ishlab chiqildi.

Trening yakunida barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.