2026-07-08
Tafsilotlar
1146 — Milliy ishonch telefoni: mutaxassislar malakasi yanada oshirildi
“Bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq 1146 qisqa raqamli ishonch telefoni konsultantlari, 112 yagona tezkor xizmat operatorlari hamda @istiqbolliavlod_uz va @madadnnt_ tashkilotlari vakillari uchun besh kunlik maxsus o’quv dasturi tashkil etildi.
Trening @ijtimoiyhimoya_agentligi tomonidan @unicefuzbekistan texnik ko’magida o’tkazildi va bolalar bilan samarali muloqot qilish, ularni diqqat bilan va xolis tinglash, og’ir ruhiy kechinmalarni boshdan kechirgan bolalar bilan ishlash, xavfsizlik darajasi va ehtiyojlarini baholash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga qaratildi.
Mazkur o’quv dasturida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining mutaxassislari Oftobxon Tadjixodjayeva va Shahnoza Yarasheva trener sifatida ishtirok etib, o’z kasbiy
bilim va tajribalarini konsultantlar bilan bo’lishdilar.
Bu xizmatini har bir bola uchun, uning yoshi yoki hayotiy vaziyatidan qat’iy nazar, chinakam bolaparvar va inklyuziv xizmatga aylantirish yo’lidagi muhim qadamdir.