“Inson” markazlari bosh mutaxassis (supervayzer)lari uchun 4 bosqichli trening dasturi boshlandi!
9–13-dekabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh mutaxassislari uchun yangi o‘quv-trening dasturi o‘z startini oldi.
Dasturning ilk kunida ishtirokchilar:
- tanishuv va maqsadlar bilan bo‘lishdilar;
- o‘quv jarayonining yo‘nalishlari bilan tanishdilar;
- amaliy mashg‘ulotlar orqali tizimdagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Trening davomida supervayzerlar jamoa bilan ishlash, murakkab vaziyatlarni boshqarish, xizmat sifatini oshirish, monitoring va baholash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishadi.
Ushbu o‘quv dasturi — yangi tajribalar, foydali uchrashuvlar va malakani oshirish uchun muhim imkoniyat. Oldinda samarali kunlar kutmoqda.


