Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘balari bosh mutaxassislari uchun mo‘ljallangan, mazmunli bilimlar, amaliy tajribalar va professional muloqotlarga boy trening o‘z yakuniga yetdi.
Trening kunlari davomida ishtirokchilar ijtimoiy himoya tizimida bolalar manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda samarali ishlash, mas’uliyatli qarorlar qabul qilish hamda real vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.
Trening jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligi, ochiq muloqotlar hamda tajriba almashish orqali ishtirokchilarning kasbiy salohiyati yanada mustahkamlandi.
Ushbu mashg‘ulotlar bolalarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning professional yondashuvini yangi bosqichga olib chiqib, tizimda barqaror, sifatli va insonparvar xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ushbu jarayon muhim bosqich bilan yakunlandi — ishtirokchilar egallagan bilim va tajribalarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
