Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

📅2025-yil 25–26-iyun kunlari Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori” shiori ostida Respublika yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

💻Forum doirasida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi direktor o‘rinbosari tomonidan markazning asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy soha mutaxassislarini tayyorlash va ularning salohiyatini oshirishdagi yondashuvlar, shuningdek, "Ijtimoiy yetakchilikning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati" haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🏃Ushbu forum yoshlar o‘rtasida ijtimoiy yetakchilikni rivojlantirish, kasaba uyushmalari tizimida faol yoshlar safini mustahkamlash va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.