Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun navbatdagi ikki haftalik “Ijtimoiy himoya va boshqaruv” mavzusidagi  o‘quv treningi boshlandi.

Joriy yilning 18–29-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun trening tashkil etilib, unda rahbarlarning kasbiy bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O’n ikki kun davom etadigan trening davomida ishtirokchilar ijtimoiy himoya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xizmatlarni integratsiyalash, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va manfaatdor tomonlar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish masalalari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Har kunlik mashg‘ulotlar nazariy bilimlar va amaliy tajriba uyg‘unligida tashkil etilmoqda. Treninglar Malaka oshirish markazining tajribali trenerlari hamda Agentlik mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.