Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarida psixologik yordam va intervensiyalar” mavzusidagi amaliy 2 kunlik o‘quv-seminar treninglar respublika bo‘ylab yakunlandi.

Mazkur jarayonning yakuniy bosqichi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi va u mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari uchun muhim bilim va amaliy tajribalar bilan boyidi.

Treninglar davomida shakllangan professional muloqot, real vaziyatlarga asoslangan yondashuvlar hamda amaliy mashqlar psixologlarning zo‘ravonlik va tazyiq holatlarida tezkor, aniq va insonparvar yordam ko‘rsatish salohiyatini yanada mustahkamladi.

Ushbu o‘quv-seminarlar respublika miqyosida yagona professional yondashuvni shakllantirishga xizmat qilgan muhim platformaga aylandi.