Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

“Ijtimoiy himoyada boshqaruv va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish” xalqaro trening dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

2025-05-17

1 marta o'qilgan


2025-yil 12-16-may kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Ijtimoiy himoyada boshqaruv va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish” mavzusidagi xalqaro trening dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. 

📌Ushbu trening ishtirokchilarga xalqaro standartlar asosida ijtimoiy himoya sohasidagi bilim va yetakchilik salohiyatini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

🎖Xalqaro ekspertlar – Olena Vazhynska, Luc Boss va Virginia Petersen – tomonidan olib borilgan sessiyalar ishtirokchilarda innovatsion yondashuvlar, strategik rejalashtirish va monitoring asosida boshqaruv tizimlarini takomillashtirish borasida yangi qarashlarni shakllantirdi.

🏃Treningning yopilishi ishtirokchilarga o‘z olingan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish va hududlardagi ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirishga doir rejalarini taqdim etish imkonini berdi.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3