International Inclusive Hub – imkoniyatlar makoni bilan tanishuv.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlarŅ uchun tashkil etilgan ikki haftalik trening dasturi doirasida ishtirokchilar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar hubning kundalik faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va yaratilgan zamonaviy sharoitlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib chiqdilar.
Ma’lumot uchun:
Xalqaro inklyuziv hub – bu yoshlarning abilitatsiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga to‘liq moslashishi uchun yaratilgan o‘ziga xos maskandir. Unda yoshlar:
sifatli ta’lim olish,
iqtidorlarini namoyish etish,
zamonaviy va istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Ushbu tashrif “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga yorqin taassurot qoldirdi.


