Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

📅2025-yil 17–19-iyun kunlari Andijon viloyatida “Bolalarni har qanday zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish” mavzusida uch kunlik trening boshlandi.

2025-06-18

1 marta o'qilgan


✅Ushbu trening Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi, BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Trening “Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining mojaro hududlaridan qaytgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash dasturining II bosqichi” doirasida amalga oshirilmoqda.

Trening davomida ishtirokchilar quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishmoqda:

Bola farovonligi va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoyalanish;

Zo‘ravonlik alomatlarini aniqlash usullari;

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi. Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ishlar.

📌Treningning asosiy maqsadi – ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda yagona va samarali yondashuvlarni shakllantirishdan iborat. 

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3