Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan UNFPA bilan birgalikda Toshkent shahrida navbatdagi trening tashkil etildi.
Joriy yilning 30-iyulidan 1-avgustigacha davom etishi rejalashtirilgan trening Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida bo'lib o'tdi
Trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida bo‘lib, ishtirokchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Treningda quyidagi tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari
Tuman profilaktika inspektori boshliqlari
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari
Milliy gvardiya tuman inspektor-psixologlari
Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi vakillari
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosarlari
Trening 30-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida start oldi. 31-iyul kuni Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Yashnobod, Bektemir hamda Sergeli tumanlarida va 1-avgust Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida bo'lib o'tdi
Tadbir davomida ishtirokchilar gender zo‘ravonlik, jabrlanuvchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish, xavf darajasini baholash va qonunchilik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Treninglar real hayotiy vaziyatlarga asoslangan holda, malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.


