Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi trening!
27–31-oktabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malaka oshirish markazi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ko‘magida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish” mavzusida ToT malaka oshirish treninglari qizg‘in o‘tkazilmoqda.
Ushbu trening ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash jarayonida kommunikativ, reabilitatsiya va ijtimoiylashuv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishgа qaratilgan.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
- nogironlikni funksional baholash mezonlari va JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) klassifikatsiyasi;
- inklyuziv yondashuv va samarali muloqot ko‘nikmalari;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bosqichlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi trenerlari – nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash va ularning funksional imkoniyatlarini baholash sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar bo‘lib, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda trening o‘tkazmoqdalar.
Xalqaro ekspertlar qatorida – Aleksandra Posharaс (Serbiya), nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash bo‘yicha mutaxassis, vа Jerom Bitskenbax, nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash tizimi (ICF) asoschisi ishtiroq etmoqda.
Trening doirasida xalqaro va milliy ekspertlar tajriba almashish, interfaol mashg‘ulotlar hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishgа alohida e’tibor qaratmoqdalar.


