“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan navbatdagi trening boshlandi.
2025-yil 15–26-sentabr kunlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan 12 kunlik malaka oshirish treningi boshlandi.
Ushbu treningda 31 nafar markaz direktorlari ishtirok etmoqda.
Treningning asosiy maqsadi — ijtimoiy himoya tizimidagi rahbarlarning bilim va ko‘nikmalarini quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashtirishdan iborat:
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tamoyillari,
xizmatlarni integratsiyalash,
yetakchilik va kadrlar boshqaruvi,
inson resurslarini samarali boshqarish,
xizmatlar sifatini oshirish.


