“OIV bilan yashovchi shaxslarga ta’lim berish hamda ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish orqali qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash” mavzusidagi navbatdagi malaka oshirish treninglari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir Ijtimoiy himoya xodimlari malakasini oshirish markazi tomonidan UNICEF hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu trening “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari xodimlari uchun tashkil etilib, ularning OIV bilan yashovchi shaxslarga psixosotsial yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.
Treningning asosiy maqsadi — “Inson” ijtimoiy xizmat Markazlarining xodimlarini OIV bilan yashovchi shaxslarga psixosotsial yordam ko‘rsatish sohasidagi bilimlarini va ko‘nikmalarini oshirish.
Trening davomida quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlar bilan o’zlarining kasbiy malakalarini boyitadilar:
OIV/OITS haqidagi asosiy ma’lumotlar. OIVni yuqish yo‘llari.
OBYASH ga yordam ko‘rsatishda mutaxassisliklararo yondashuv.
OBYASH huquqlari va osoyishtaligini ta’minlashda turli tarmoqlar mutaxassislarining o‘rni va vazifalari.
OIV bilan yashovchi shaxslar orasida ijtimoiy ish amaliyotidan namuna namoyishi. Amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash mashqlari.


