Inklyuzivlik paneli

100%
A- A+

“Ijtimoiy ish amaliyoti hamda ijtimoiy xodimlar uchun ko‘nikmalarga asoslangan o‘qitish uslublari” mavzusidagi trening yakunlandi

2025-05-26

1 marta o'qilgan


Trening Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi va GIZ (Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati), shuningdek, OPM (Oxford Policy Management) hamkorligida tashkil etilgan.

🏃Trening mashg‘ulotlarini xalqaro ekspert, Oxford Policy Management vakili Hugh Salmon olib bordi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali ish faoliyatida zarur bo'lgan tajriba orttirdilar.

↗️Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

💻 Ushbu tashabbus ijtimoiy ishni professional bosqichga olib chiqish va trenerlarning salohiyatini oshirishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

  • news image 1
  • news image 2
  • news image 3