2025-yil 12-16 may kunlari GIZ (Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati) va OPM (Oxford Policy Management) hamkorligida tashkil etilgan trening dasturining uchinchi, yakuniy haftasi boshlandi. Mazkur bosqich “Inson” markazlari direktorlarining ijtimoiy xizmatlar sohasida yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
âś…Treningda xalqaro tashkilot — Oxford Policy Management (OPM) mutaxassislari — Elayn Sammon va Diana Chiriacescu o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar. Ular ijtimoiy xizmatlar sohasida O‘zbekistonning o‘zgarishlari va bu yo‘ldagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar.
📌Trening dasturi doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda davom etmoqdalar:
Liderlik va moslashuvchan boshqaruv strategiyalari – kompleks ijtimoiy muammolarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlar;
Muloqot va ijtimoiy xizmatlarda samarali munosabatlar – mijozlar bilan ishlashda empatiya va ishonchli aloqa qurish ko‘nikmalari;
Etik professional xulq va qaror qabul qilish – murakkab holatlarda axloqiy muvozanatni saqlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish;
Tashkilotda jamoani boshqarish va ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash – xodimlarni samaradorligini oshirish, kasbiy kuyishning oldini olish.
âś…Treningning ushbu bosqichi ishtirokchilarga o‘z bilimlarini mustahkamlash, real hayotga yaqin keyslar asosida mashq qilish va tizimli o‘zgarishlar qilish uchun zaruriy vositalarni qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.