“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi supervayzerlari uchun trening tashkil etildi.
2025-yil 2-6-sentabr kunlari Markaz tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi supervayzerlari uchun 4 bosqichli treningning ikkinchi bosqichiga start berildi.
Trening davomida supervayzerlar quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlar bilan o’zlarining kasbiy malakalarini boyitadilar:
Kattalar ta’limi asoslari
Ijtimoiy xodimlarda shaxslararo munosabatlarni shakllantirish
Oila bilan suhbat o‘tkazish qoidalari, asosiy qadamlar
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy kompetensiyasi
Emotsional qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan superviziya
Trening yakunida barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.


