Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarida psixologik yordam va intervensiyalar” mavzusida o‘quv-seminar treninglar o‘tkazilmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasi doirasida Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida hamda Toshkent shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat yurituvchi psixologlar uchun ikki kunlik amaliy o‘quv-seminar treninglar tashkil etildi. Treninglar Agentlik qoshidagi malaka oshirish markazi mutaxassislari boshchiligida olib borildi.

Trening mashg‘ulotlari interaktiv tarzda tashkil etilib, unda psixologlar tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga duch kelgan shaxslar bilan ishlashda real hayotiy vaziyatlar asosida fikr almashdilar. 

Amaliy mashqlar orqali ishtirokchilar inqirozli holatlarda to‘g‘ri munosabat bildirish, jabrlanuvchilar bilan ishonchli muloqot o‘rnatish hamda ularning emotsional holatini barqarorlashtirish bo‘yicha tajriba orttirdilar. 

Mashg‘ulotlar jarayonida faol muhokamalar olib borilib, hududlarda psixologik yordam samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq tavsiyalar shakllantirildi.