“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun mo‘ljallangan 12 kunlik malaka oshirish va qayta tayyorlash trening dasturiga rasmiy start berildi.
Trening dasturi ochilish mashg‘uloti bilan boshlandi va unda ishtirokchilar ijtimoiy xizmatlar tizimida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish, jamoa bilan samarali ishlash hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan mavzularni o‘rganmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida:
- boshqaruv va liderlik ko‘nikmalarini mustahkamlash,
- ijtimoiy xizmatlar samaradorligini baholash va monitoring qilish,
- real vaziyatlar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish,
- ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Trening rahbarlarning kasbiy salohiyatini oshirish, tizimli fikrlashni rivojlantirish hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatida barqaror va samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.


