Farg’ona viloyatining barcha tumanlarida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusidagi treninglarga start berildi.
2025-yil 6-10-oktyabr kunlari Farg’ona viloyatida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir Ijtimoiy himoya xodimlari malakasini oshirish markazi tomonidan BMT Aholi jamg‘armasi (UNFPA) va Buyuk Britaniya hukumatining ko‘magi asosida tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-son qarorining mazmunini tushuntirish hamda jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan yordam tizimini yanada samarali tashkil qilishdan iborat.
Bunday treninglar mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga, sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


