Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar — sifatli ijtimoiy xizmat asosi!

Toshkent shahrida, 15–19-dekabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida bolalarni
ijtimoiy himoya qilish sho‘balari bosh mutaxassislari uchun o‘quv-amaliy trening bo‘lib o‘tmoqda.

Treningning birinchi kunida UNICEF tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Xususan, UNICEF xodimi tomonidan INSPIRE 7 strategiyasi asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim yondashuvlar taqdim etildi.

Trening jarayonida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini boyitmoqda:
- bolalarning individual ehtiyojlarini aniqlash,
- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar bilan ishlash usullari,
- zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish,
- stressni boshqarish va psixologik yondashuvlar,
- amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish.