Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Sohadа innovatsiya va malakani oshirish orqali tizimli rivojlanish izchil davom etmoqda.

2025-yil 12–17-yanvar kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakalarini oshirish markazida Ijtimoiy inspeksiya xodimlari uchun 5 kunlik o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘quv jarayoni davomida ishtirokchilar:
- keys-menejmentning asosiy va amaliy bosqichlarini chuqur o‘zlashtirdilar;
- ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha milliy standartlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirdilar;
- real holatlar misolida tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini mustahkamladilar;
- “Ijtimoiy himoya” AT orqali keyslarni yuritish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.

Bu o‘quvlar ijtimoiy himoya sohasida barcha xodimlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va tashkilotlar orasida tizimli aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.