Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

💻2025-yil 9-13- iyun sanasidan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan 5 kunlik malaka oshirish treningi boshlandi. 

📌Mazkur o‘quv dasturining asosiy maqsadi – ijtimoiy himoya tizimi, xizmatlar ko‘rsatish tamoyillari, xizmatlar integratsiyasi, yetakchilik, inson resurslarini boshqarish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha markaz rahbarlarining bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishdir.

Trening doirasida quyidagi mavzular yoritiladi:

✅ijtimoiy himoya tizimini integratsiyalash

✅kadrlar salohiyatini rivojlantirish

✅manfaatdor tomonlar bilan ishlashda ishonchli munosabat o‘rnatish

💻Trening mashg‘ulotlarini Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tajribali trenerlari – Tadjixodjaeva Oftobxon va Ruzimatov Elbek olib borishmoqda