💻 2025-yil 6–7-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi trenerlari tomonidan Navoiy viloyatida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmati doirasida faoliyat yuritayotgan 10 nafar tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilar ishtirokida o‘tkazildi.
👫 Seminarning asosiy maqsadi — nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlovchi mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida bolalarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligi va mustaqil hayotga tayyorlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🔮 Trening davomida ishtirokchilar bolalarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inklyuziv muhitni shakllantirishga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.