Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Sirdaryo viloyatida gender zo‘ravonlik mavzusida navbatdagi trening boshlandi.

2025-yil 10–11-sentabr kunlari Sirdaryo viloyatida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Buyuk Britaniya hukumati ko'magida o‘tkazildi.  

Trening  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan kompleks xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, unda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida tashkil etilgan darslar olib borilmoqda.

Mazkur o‘quv jarayonlari orqali mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan yordamni yanada samarali va tizimli qilish tashkil qilishga xizmat qiladi.