Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Ijtimoiy himoya va boshqaruv” mavzusidagi ikki haftalik o‘quv treningiga start berildi.

Mazkur trening “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun mo‘ljallangan bo'lib undagi o'quv dasturlar Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) hamkorligida ishlab chiqilgan.

Ushbu o‘quv dasturi ijtimoiy himoya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xizmatlarni integratsiyalash, kadrlar salohiyatini rivojlantirish  va manfaatdor tomonlar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish masalalarini o‘z ichiga oladi.
 
Har kunlik mashg‘ulotlar nazariy bilimlar va amaliy tajriba uyg‘unligida tashkil etilmoqda. Treninglar Malaka oshirish markazining tajribali trenerlari hamda Agentlik mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Kun yakunida ishtirokchilar Toshkent tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurib, u yerdagi xizmat ko‘rsatish amaliyoti bilan yaqindan tanishdilar.