“Inson” markazlari direktorlarining 12 kunlik o‘quv dasturi yakunlandi!
10–21-noyabr kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” markazlari direktorlariga mo‘ljallangan kompleks 12 kunlik o‘quv dasturining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning yakuniy kunida ishtirokchilar:
- yakuniy test topshirdilar;
- mustaqil taqdimotlar orqali o‘z ish tajribasi va yondashuvlarini namoyish etdilar;
- rahbarlik ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar.
Trening davomida direktorlar tizimli fikrlash, jamoa bilan ishlash, murakkab holatlarda qaror qabul qilish, muloqot va boshqaruv bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Har bir direktor o‘z markazida yanada samarali xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun yangi kuch va motivatsiya oldi.


