Kasbiy bilim va aniq amaliyot — samarali ijtimoiy himoyaning kaliti!
Toshkent shahrida, 5–9-yanvar kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida Ijtimoiy inspeksiya xodimlari uchun 5 kunlik o‘quv-amaliy trening o‘z ishini boshladi.
Trening ijtimoiy himoya sohasida kundalik faoliyatda uchraydigan real vaziyatlar, keys-menejment amaliyoti hamda milliy standartlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan holda olib borilmoqda.
Trening jarayonida ishtirokchilar quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda:
• keys-menejmentning barcha bosqichlari: baholash, rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring va yakunlash,
• ijtimoiy xizmat oluvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash,
• kompleks baholash va xizmatlar rejasini ishlab chiqish,
• amaliy keyslar asosida oila va shaxslar bilan ishlash,
• E-keys platformasi orqali hujjatlarni yuritish,
• tajriba almashish va interaktiv mashg‘ulotlar.
Ushbu trening ijtimoiy inspeksiya xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.


