“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga mo‘ljallangan treninglar davom etmoqda.
2025-yil 15–26-sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan 12 kunlik malaka oshirish dasturi doirasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga qaratilgan trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Ushbu jarayonda 31 nafar markaz direktorlari faol ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini yanada oshirishmoqda.
Trening dasturi nafaqat nazariy mashg‘ulotlarni, balki amaliy faoliyatni ham o‘z ichiga olmoqda. Ishtirokchilar turli ijtimoiy muassasalar faoliyati bilan tanishdilar, shuningdek, tog‘larga sayohat uyushtirdilar va o‘z tajribalari bilan almashdilar.
Bunday tashriflar rahbarlarga tizimdagi xizmatlarni yanada samarali tashkil etish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yangi yondashuvlarni o‘rganishda muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qilmoqda.


