Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ikki haftalik “Ijtimoiy himoya va boshqaruv” mavzusidagi o‘quv-trening o‘z yakuniga yetdi.

Trening davomida “Inson” markazlari direktorlari ijtimoiy himoya tizimidagi ilg‘or yondashuvlar, xizmatlarni samarali ko‘rsatish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari ishtirokchilar erkin mavzuda ishlab, ijtimoiy xizmat ko'rsatish tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlarini taqdimot qildilar. Ushbu taqdimotda IHMAning mas'ul xodimlari va malaka oshirish mutaxassislari baholab bordilar.

Taqdimotlar davomida “Inson” markazlari direktorlari hududlardagi ijtimoiy sohaning eng dolzarb muammolariga alohida e’tibor qaratib, ularning yechimlari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqdilar.

Trening yakunida barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.

Mazkur treningda 30 nafar "Inson" markazlari direktorlari qatnashdilar.