Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

“Bolalarni zo'ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish” mavzusidagi 24 soatli trening o‘tkazildi.

Ushbu treningda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining 14 nafar supervazyer va 14 nafar psixolog xodimlar ishtirok etishdi. 
                                                                                                                                                                                                                                                                                  
Treningning asosiy maqsadi —  bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini profilaktika qilish, aniqlash va zo'ravonlik belgilarini o'rgatishdan iborat. Ushbu trening maqsadli auditoriyasi ijtimoiy xodimlar, psixologlar va supervayzerlar hisoblanadi. 
Trening davomida quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlar bilan o’zlarining kasbiy malakalarini boyitadilar:

Bolalar farovonligi va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish

Standart Harakatlar Tartibi

Qaror qabul qilish va aniqlangan holat bilan ishlash

Eslatib o'tamiz, trening yaqinda ishga tushirilgan "Bolalarni zo'ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish" modulining amaliy qismi bo'lib, asosiy urg'u onlayn darslardagi bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llashga qaratilgan.