“Inson” markazlari direktorlari uchun o‘quv dasturining 6-kuni samarali o‘tdi.
Kun davomida turli yo‘nalishdagi mutaxassislar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdildi.
Ertalabki sessiyalarda mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Kunduzgi mashg‘ulotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlar guruhining ishlash mexanizmlariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar amaliy holatlar, amaldagi yondashuvlar va psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlarini muhokama qildilar.
Madaniy hordiq uchun ajratilgan vaqt esa ishtirokchilarga kuch yig‘ish, dam olish va jamoaviy muhitda muloqot qilish imkonini berdi. Bu jarayonlar stressni boshqarish va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha kun davomida berilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qildi.


