Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

Ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi raqamli platforma ishlab chiqilmoqda!

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida hududiy boshqarmalarining ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni monitoring qilish sho‘balari bosh mutaxassislari (ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) ishtirokida o‘quv-treninglar tashkil etildi.

Mazkur o‘quv jarayoni “Ijtimoiy resurslar xaritasi”ning yagona raqamli platformasi va markazlashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar hududlar kesimida mavjud resurslarni tizimli ravishda to‘plash va yagona formatda kiritish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.

Treningning dastlabki ikki kuni to‘liq resurslar xaritasini to‘ldirish jarayoniga bag‘ishlandi. Har bir hudud o‘z hududida mavjud ijtimoiy xizmatlar, hamkor tashkilotlar va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni yaratilayotgan yagona platforma uchun tayyorlamoqda.

Oldinda — platformani joriy etish bosqichlari va uni amaliyotga tatbiq etish ishlari.