“Ijtimoiy himoya va ijtimoiy to‘lovlar” mavzusidagi trening amaliy mashg‘ulotlar bilan davom etdi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ijtimoiy xizmatlar sohasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha chuqurlashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarishdi. Real vaziyatlar asosida tashkil etilgan jarayon xodimlarning muloqot, kelishuv va nizolarni boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
Kun tartibida quyidagi mavzular yoritildi:
• Nizolarning avj olish bosqichlari
• Samarali muzokaralarning to‘rt tamoyili
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar murakkab holatlarni tahlil qilish, nizolarni yumshatish strategiyalarini tanlash hamda tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda samarali yechim ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirdilar.


