Ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzularida Qashqadaryo viloyatida trening tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyatida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda joriy yilning 18-22-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida treninglar olib borilmoqda.
Trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:
Tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar
Zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan ishlash
Zo‘ravonlik hodisasiga javoban ko‘rsatiladigan xizmatlar
Treningda quyidagi tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari
Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi vakillari
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosarlari
Treninglarning asosiy maqsadi – ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ko‘mak ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat.


