Qulayliklar

Invert
Oq-qora
Katta
Normal
Kichik

Sayt ranglari





Blog Image
Blog Image
Blog Image

2025-yil 16-may kuni GIZ (Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati) va OPM (Oxford Policy Management) hamkorligida tashkil etilgan uch haftalik trening dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. 

šŸ‘„Yakuniy bosqichda ishtirokchilar ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini chuqurlashtirib, real holatlarga asoslangan keyslar ustida ishladilar. Trening davomida liderlik, muloqot, etik xulq, jamoani boshqarish va ruhiy salomatlik kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar olib borildi.

šŸŽ– Xalqaro ekspertlar — Elayn Sammon va Diana Chiriacescu (OPM) tomonidan olib borilgan sessiyalar, ishtirokchilarda ijtimoiy xizmatlarda samarali rahbarlikni shakllantirish bo‘yicha yangi qarash va yondashuvlarni uyg‘otdi.

šŸƒTrening yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘z hududlarida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tadbir yakunida sertifikatlar topshirildi va ishtirokchilar GIZ va OPM tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.