Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli va qadrli ayollar💚
Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu bahoriy bayram ayollarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, mehr-oqibati va ezgu fazilatlariga bo‘lgan chuqur ehtirom ifodasidir.
Ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarimizning mehnati alohida e’tirofga loyiq. Sizlarning bag‘rikengligingiz, sabr-toqatingiz va insonlarga bo‘lgan samimiy g‘amxo‘rligingiz ko‘plab oilalar va insonlar hayotiga umid va ishonch bag‘ishlamoqda.
Sizlarning fidoyiligingiz va ezgu ishlarga bo‘lgan sadoqatingiz jamiyatimizda mehr-muruvvat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Barcha ayollarimizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik hamda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
